Easy to Fly Academy-ga tashrif
Easy to Fly Academy-ga tashrif
📆 2026-03-03
Bugun biz “Easy to fly Academy” – zamonaviy aviatsiya akademiyasiga tashrif buyurdik, u tijorat va xususiy aviatsiya uchun mutaxassislar hamda bort kuzatuvchilarini tayyorlaydi!
Ular styuardessalar uchun asosiy treninglar, shuningdek malaka oshirish kurslari va A-320/321 tipidagi samolyotlarda o'qitishni taklif qilishadi. Trening rus, oʻzbek va ingliz tillarida olib boriladi. 60 kunlik kurs yakunlangach, O‘zbekistondagi istalgan aviakompaniyada ishlash imkonini beruvchi sertifikat beradi! Nomzodlar 18 yoshdan oshgan, oʻrta maʼlumotga ega boʻlishi, chet tillarini bilishi, tibbiy koʻrikdan oʻtgan boʻlishi kerak.
O‘quv mashg‘ulotlari 22 million so‘mni tashkil etadi. To'liq kurs nazariy va amaliy mashg'ulotlar, qutqaruv mashg'ulotlari va birinchi yordam ko'rsatish, qutqaruv jiletlari, kislorod baklari, galleylar, suv maydonchalari va boshqa ko'p narsalarni o'z ichiga oladi.
Akademiya O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va me’yoriy hujjatlariga muvofiq attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Bort ekipajidan tashqari, Akademiya sizga xususiy uchuvchilikga ta'lim berishni ham taklif etadi. Õqish narxi taxminan 18000$+ ga baholanadi, aeroportni tõlovlari ham qõshiladi va õqish 7-oyni tashkil etadi. Tayyorgarlik davomida õz ichiga oladi , nazariy mashğulotlar , trenajorda tayyorgarlik va amaliy parvozlar (Cessna 172) samolyotida (35 soatlik parvoz).
Boshqa savol va ma'lumotlar Akademiya saytida - easytofly.uz
O'zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotosho’ba a'zolarining va havaskor fotorassomlarning hisobot ko'rgazmasi
O'zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotosho’ba a'zolarining va havaskor fotorassomlarning hisobot ko'rgazmasi
📆 2026-02-11

Hurmatli do'stlar!
Sizni O'zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotosho’ba a'zolarining va havaskor fotorassomlarning hisobot ko'rgazmasiga taklif etamiz.
Ochilish marosimi Toshkent Fotosuratlar uyida 2026 yil, 11 fevral kuni soat 17:00 da bo’lib o'tadi.
E'tiborlisi, bu safargi ko'rgazmada aviaspotterlardan 4 nafarimizning fotosuratlarimiz qatnashmoqda - Daniyar Atadjanov, Rustam Mannanov, Arslan Islamov va Roman Valiev.
📍Toshkent fotosuratlar uyi.
📅 Ko'rgazma 22-fevralga qadar ishlaydi, ish vaqti har kuni soat 10:00dan 17:00gacha (dushanbadan tashqari). Kirish bepul.
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Embraer C-390 samolyotlarining birinchi xaridoriga aylandi
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Embraer C-390 samolyotlarining birinchi xaridoriga aylandi
📆 2026-02-03
Embraer 3-fevral kuni Singapur aviasalonida Oʻzbekiston oʻzining C-390 Millennium harbiy transport samolyotining ilgari nomaʼlum boʻlgan xaridori ekanligini eʼlon qildi. Embraer oʻz eʼlonida Oʻzbekistonni ushbu samolyotni sotib olgan va boshqargan birinchi Markaziy Osiyo davlati sifatida belgiladi.
Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlari asosan C-390 samolyotlaridan transport va gumanitar missiyalar uchun foydalanadi, bu esa mamlakatning havo transporti imkoniyatlarini va favqulodda vaziyatlarga javob berish infratuzilmasini yaxshilaydi. Ushbu sotib olish Oʻzbekiston harbiy aviatsiya flotini modernizatsiya qilishda muhim bosqich boʻlib, uni global C-390 operatorlarining tobora ortib borayotgan roʻyxatiga moslashtiradi.
Oʻzbekiston Harbiy-havo kuchlari oʻzining transport imkoniyatlarini modernizatsiya qilayotgan bir paytda, biz Oʻzbekiston Respublikasini C-390 operatorlari guruhiga rasman qabul qilamiz
,- dedi Embraer Defense & Security prezidenti va bosh direktori Bosco da Costa kichigi. Uning qoʻshimcha qilishicha, kompaniya ushbu yetakchi Markaziy Osiyo Harbiy-havo kuchlarining tanlovidan faxrlanadi
va samolyotlarning ishonchli va samarali ishlashini taʼminlashga sodiqdir.
XXI asrda loyihalashtirilgan va qurilgan C-390 Millennium tomonidan o'z sinfidagi eng zamonaviy harbiy transport samolyoti sifatida ta'riflanadi. U 26 tonnagacha yuk ko'tarishi, 470 tugun tezligiga yetishi va boshqa o'rta o'lchamli transport samolyotlariga qaraganda uzoqroq masofalarni bosib o'tishi mumkin. U yuk va qo'shinlarni tashish, yaradorlarni evakuatsiya qilish, qidiruv-qutqaruv operatsiyalari, yong'inni o'chirish va gumanitar yordam kabi keng ko'lamli vazifalar uchun jihozlangan. Shunisi e'tiborga loyiqki, C-390 asfaltlanmagan yoki vaqtinchalik uchish-qo'nish yo'laklaridan harakatlana oladi, bu esa uni qiyin yerlarda joylashtirish uchun moslashtiradi. Tez o'rnatiladigan havo-havo yonilg'i quyish tizimlari bilan jihozlanganida, samolyot KC-390 belgisi ostida ishlaydi, ham tanker, ham qabul qilgich vazifasini bajarishga qodir. U NATO bilan to'liq mos keladi va Agile Combat Employment (ACE) operatsiyalari uchun mo'ljallangan.
Embraer ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston Braziliya, Portugaliya, Vengriya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Avstriya, Chexiya, Shvetsiya, Slovakiya va Litva kabi C-390 Millennium mijozlarining kengayib borayotgan ro'yxatiga qo'shildi.
Toshkent aeroportiga SJ-100NEW keldi
Toshkent aeroportiga SJ-100NEW keldi
📆 2026-01-25
25 Joriy yilning yanvar oyida, Toshkent xalqaro aeroportida ilk bor PD-8 dvigatellari bilan jihozlangan SuperJet SJ-100NEW-95 97024 bort raqamli havo kemasi, Moskva (Jukovskiy) — Haydarobod (Begampet) yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirish paytida, yoqilg‘i quyish uchun Toshkentda texnik to‘xtashni amalga oshirdi. Hindistonda yangi havo kemasi Wings India 2026 aviasalonida namoyish etildi.
Vatanimiz himoyachilarini bugungi sharafli bayram bilan tabriklaymiz! 🪖🇺🇿
Vatanimiz himoyachilarini bugungi sharafli bayram bilan tabriklaymiz! 🪖🇺🇿
📆 2026-01-14
Bugun, 14-yanvar kuni, biz yurtimizning eng muhim va sharafli bayramlaridan biri — Vatan himoyachilari kuni, shuningdek, mustaqil Oʻzbekistonimizning Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligini nishonlaymiz.
Ushbu kun mardlik, shon-sharaf va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat ramzidir. Vatan himoyachilari — davlatning tayanchi, xalqimiz tinchligi, barqarorligi va osoyishta hayotining kafolatidir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, qat'iy intizomingiz va yuksak mahoratingiz ortidan diyorimizning mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy daxlsizligi ishonchli tarzda himoya qilinmoqda.
Biz barcha harbiy xizmatchilar, faxriylar hamda bugun o‘zining muqaddas burchini Vatan oldida sharaf bilan ado etayotgan yurtimizning xar bir mard o'g'lonlariga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Chin dildan sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik, farovonlik, cheksiz iroda va kuch-quvvat, so'nmas g‘ayrat, o‘zingizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan beqiyos xizmatingizda yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Xonadonlaringizda doimo baxtu-saodat, tinchlik-totuvlik, osoyishtalik barqaror bo'lsin, yurtimiz osmoni esa hamisha musaffo va tinch bo‘lsin!
Bayramingiz bilan! 🇺🇿🎉🫡

2025 yil 20 dekabr kuni Toshkent🇺🇿 aeroportida spotterlar va jurnalistlar MDH hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida orasida ilk bor Airbus A321XLR havo kemasini kutib olishdi.
2025 yil 20 dekabr kuni Toshkent🇺🇿 aeroportida spotterlar va jurnalistlar MDH hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida orasida ilk bor Airbus A321XLR havo kemasini kutib olishdi.
📆 2025-12-26
2025 yil 20 dekabr kuni Toshkent🇺🇿 aeroportida spotterlar va jurnalistlar MDH hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida orasida ilk bor Airbus A321XLR havo kemasini kutib olishdi.
Post-sovet hududida ushbu turdagi havo kemasining birinchi operatori O‘zbekistonning birinchi xususiy aviakompaniyasi — Qanot Sharq bo‘ldi. UK32112 bort raqamiga ega havo kemasi Air Lease🇺🇸 korporatsiyasidan (ALC) lizing asosida olinib, Gamburg shahri Airbus zavodidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib keltirildi.
Ob-havo sharoitlari — jala qor va manfiy harorat sababli an’anaviy suv arkasini tashkil etishning imkoni bo‘lmadi. Shunga qaramay, bort tantanali ravishda kutib olindi. Aviakompaniya bosh direktori Moisey Vasilyevich Pak, Airbus konserni vakillari hamda O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligi rahbariyatining nutqlari bo‘lib o‘tdi. Germaniya va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonalari diplomatik korpusi ishtirokidagi tantanali tadbir furshet va esdalik sovg‘alarini topshirish bilan yakunlandi.
Qanot Sharq va Air Lease Corporation 2025 yil 18 fevralda shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, Qanot Sharq 2027 yil oxirigacha Air Lease’ning Airbus’dagi buyurtmalar portfelidan operatsion lizing asosida 3 ta A321XLR va 2 ta A321neo havo kemasini qabul qilib oladi.
Mazkur bort asosan London yo‘nalishidagi muntazam reyslarda hamda Osiyodagi mashhur kurort yo‘nalishlarida parvozlar uchun foydalaniladi. Ushbu havo kemasi 16C@115cm + 174Y@80cm konfiguratsiyasiga ega bo‘lib, eni 45cm bo‘lgan matodan sozlangan o‘rindiqlar, charm bosh suyanchalari, individual rozetkalar bilan jihozlangan. Undan tasqari, yo‘lovchilarning shaxsiy elektron qurilmalari orqali ulanadigan ko‘ngilochar tizim o‘rnatilgan bo‘lib, uzoq masofali parvozlarni yetarlicha qulay amalga oshirish imkonini beradi.
Raskryt
Asosiy texnik xususiyatlari:
Uzunligi: 44.51 m
Qanotlar yoyilishi: 35.80 m
Balandligi: 11.76 m
Fyuzelyaj diametri: 3.95 m
Yo‘lovchi kabinasi kengligi: 3.70 m
Yo‘lovchi kabinasi uzunligi: 34.44 m
Bagaj joylari soni: 9–10 ta pallet yoki LD3-45W konteynerlari
Tijorat yuklamasi bilan maksimal masofa: 8700 km
Parvoz davomiyligi: 11 soatgacha
Maksimal uchish og‘irligi: 101.5 t
Kruiz tezligi: 0.82 M
XLR ning A321Neo dan asosiy farqi — 12 900 litr sig‘imli doimiy yoqilg‘i baki mavjudligi bo‘lib, u asosiy shassi tayanchlari bo‘limidan keyin (fyuzelyajning 15–17 seksiyalarida) o‘rnatilgan. Shuningdek, kil trimmerlash avtomatikasi qayta ishlangan va uchuvchilar kabinasidagi aeronavitatsiya uskunalarini boshqarish bloki sezilarli darajada takomillashtirilgan.
Tadbirni tashkil etgani va taklif qilgani uchun Qanot Sharq kompaniyasiga minnatdorchilik bildiramaniz hamda barcha yo‘nalishlarda yanada rivojlanishini tilab qolamiz!


TAPOiCh da ishlab chiqarilgan so‘nggi IL-76 havo kemasi Toshkent-Sharq aerodromi hududini tark etdi
TAPOiCh da ishlab chiqarilgan so‘nggi IL-76 havo kemasi Toshkent-Sharq aerodromi hududini tark etdi
📆 2025-11-10
Bugun kunduzi zarur kayta tiklash ishlari yakunlangach, TVT/UZTP 08 Uchish-qo‘nish yo‘lagidan IL-76TD EX-76028 (avvalgi UK76427) osmonga ko‘tarildi va qanot qoqib, yangi egasi “New Way Cargo”ga (Bishkek, Qirg‘iziston) tomon yo‘l oldi. Ushbu bort 2016 yildan beri saqlovda turgan va Toshkent-Sharq aerodromi hududida parvozga yaroqli holatda qolgan so‘nggi Il-76 bo‘lib, avval Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya Ishlab Chiqarish Birlashmasiga tegishli edi.
Shu tariqa, to‘rtta D-30KP dvigatelining qoramtir izi ostida TAPOiCH tarixiga yakuniy nuqta qo‘yildi va Toshkent-Sharq aerodromi to‘liq ravishda biznes va hukumat aviatsiyasi toifasiga o‘tdi.
Biz orzu qilib kutgan kunlar yaqinlashmoqda.
Biz orzu qilib kutgan kunlar yaqinlashmoqda.
📆 2025-11-10
✈️ 19 yillik tanaffusdan so‘ng — yana osmon bag‘rida!
✈️ 19 yillik tanaffusdan so‘ng — yana osmon bag‘rida!
📆 2025-11-06
2025-yil 6-noyabr kuni Toshkent-Sharqiy aerodromidan Il-76TD havo kemasi (ro‘yxat raqami XT-ABL, Burkina-Faso) yana parvozga ko‘tarildi. U Fujayra (BAA) shahriga yo‘l oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo kemasining yangi egasi Batot Air aviakompaniyasi bo‘lgan.
Raskryt
Russianplanes.net portali ma’lumotiga ko‘ra, bu bort 2006-yil noyabridan buyon saqlovda turgan. Uning tarixi esa 1990-yillarning boshlariga borib taqaladi: Il-76TD ilk parvozini 1992-yil yanvar oyida SSSR-76831 ro‘yxat raqami ostida amalga oshirgan. U TAPOiCh (Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi)da ishlab chiqilgan va shu yerda ekspluatatsiya qilingan.
Oradan bir yil o‘tib, 1993-yilda samolyot O‘zbekiston havo yo‘llariga lizing asosida berilib, UK76831 ro‘yxat raqamini olgan. Shu nom ostida u yana 13 yil davomida dunyo bo‘ylab parvozlarni amalga oshirgan.
Endi esa, qariyb ikki o‘n yillik sukunatdan so‘ng, bu afsonaviy “og‘ir vaznli” yana hayotga qaytdi. Bu samolyot — sobiq V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (TAPOiCh) hududida qolgan so‘nggi Il-76lardan bittasi hisoblanadi. Aynan shu korxonada sovet harbiy-transport aviatsiyasining eng ilg‘or samolyotlari yaratilgan edi.
🛫 Osmon yana sening uying bo‘lsin, azamat “Ilyusha”! Xavfsiz va barqaror parvozlar tilaymiz!
Uzbekistan Airports tomonidan tashkil etilgan to‘qqizinchi rasmiy spotting-tur
Uzbekistan Airports tomonidan tashkil etilgan to‘qqizinchi rasmiy spotting-tur
📆 2025-10-17
2025 yil 17 oktyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida to‘qqizinchi rasmiy spotting-tur bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda an’anaga ko‘ra O‘zbekiston🇺🇿, Rossiya🇷🇺, Qozog‘iston🇰🇿 va Belarus🇧🇾dan kelgan 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Aeroportning qat’iy an’anasi — ishtirokchilarning minimal yoshini cheklamaslik — saqlab qolindi.

Tur davomida ishtirokchilar bortlar uchish-qo‘nishlarini aeroport perronidan kuzatish va suratga olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Spotterlar obyektiviga yo‘lovchi va yuk reyslari — Loong Air, Air Asia, Fly Dubai, S7, China Eastern, Air China, My Freighter, Air Astana, Aeroflot, Somon Air, Tez Jet, shuningdek O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga tegishli bortlar tushdi.
Ayniqsa Uzbekistan Helicopters ekipajlari quvontirdi — ular o‘sha kuni o‘quv-trenajyor parvozlarini bajarayotgan bo‘lib, o‘zlarining Airbus Helicopters H125 va H130 vertolyotlarini chinakam chiroyida namoyish qilishdi.
Raskryt






Uzbekistan Spotters Team ishtirokchilari Uzbekistan Airportsga tadbirni a’lo darajada tashkil etgani va o‘tkazgani uchun minnatdorlik bildiradi!