Uzbekistan
Spotters
Team
Visit Uzbekistan

Bizning yangiliklar

Bizning yangiliklar

Embraer E195-E2 Profit Hunter Toshkentda

Embraer E195-E2 Profit Hunter Toshkentda


Embraer E195-E2 Profit Hunter Toshkentda

2023 yil 5–6 iyul kunlari xalqaro tur doirasida Toshkent aeroportida Embraer E195-E2 PR-ZIQ Profit Hunter🇧🇷 taqdimoti va demo parvozlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bort allaqachon dunyoning ko‘plab aeroportlarida bo‘lib, E-Jets E2 oilasini 70–150 o‘rinli mintaqaviy samolyotlar sinfida eng samarali model sifatida namoyish etib kelmoqda. Bunga yangilangan qanot, modernizatsiya qilingan fyuzelyaj, shassi va avionika yordam bermoqda. Samolyot saloni biznes-klassda 2+2 tartibidagi “shaxmat” joylashuvi (shuningdek, 2+1 konfiguratsiyali biznes-klass o‘rnatish opsiyasi ham mavjud) va Safran tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita turdagi iqtisodiy klass o‘rindiqlari bilan jihozlangan. Yaxshilangan yoritish, qulayroq individual panelchalar va kattalashtirilgan qo‘l yuklari uchun javonlarni alohida ta’kidlash lozim.

Uzbekistan Spotters Team ushbu bort kabinasini suratga olish va eʼlon qilishga ruxsat olgan birinchi jamoa bo‘ldi

Toshkent aeroporti matbuot xizmatiga taklif va tadbirni tashkil etgani uchun, shuningdek Embraer vakillariga ularning ochiqligi va mijozlar hamda spotterlar bilan hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiramaniz.