Uzbekistan
Spotters
Team
Visit Uzbekistan

Bizning yangiliklar

Bizning yangiliklar

Varshavadan LOT aviakompaniyasining birinchi muntazam reysini kutib olish

Varshavadan LOT aviakompaniyasining birinchi muntazam reysini kutib olish


Varshavadan LOT aviakompaniyasining birinchi muntazam reysini kutib olish

2024 yil 14 mart kuni soat 9:00 da Toshkent aeroportida spotterlar va jurnalistlar LOT Polish Airlines aviakompaniyasining birinchi muntazam reysini kutib oldilar.

Toshkentning unchalik bahorona bo‘lmagan ob-havosiga qaramay, Varshava – Toshkent – Varshava yo‘nalishidagi inauguratsion reys ✈️ Boeing 737-8MAX SP-LVM bortida suv arkalari bilan kutib olindi.

Tantanali tadbir mehmonlarni kutib olish marosimi bilan boshlandi. Unda kelgan jurnalistlar, blogerlar, Polsha davlat ma’muriyati vakillari, Polskie Linie Lotnicze LOT bosh direktori Michał Fijoł, O‘zbekiston va Polsha elchilari hamda Toshkent aeroporti rahbariyati ishtirok etdi. Qadrli mehmonlar uchun ikki kunlik keng dastur rejalashtirilgan.

Varshavadan LOT aviakompaniyasining birinchi muntazam reysini kutib olish

Varshava va Toshkent o‘rtasidagi parvozlar chorshanba/payshanba, juma/shanba va yakshanba/dushanba kunlari amalga oshiriladi. Aprel va may oylarida seshanba/chorshanba kunlari qo‘shimcha reys rejalashtirilgan.

Tadbirni tashkil etgani va uchrashuvga taklif qilgani uchun “Uzbekistan Airports” AJga hamda suvenirlar va material tayyorlashda yordam ko‘rsatgani uchun LOT aviakompaniyasiga katta minnatdorchilik bildiramaniz.

Varshavadan LOT aviakompaniyasining birinchi muntazam reysini kutib olish