“Qeshm Air”🇮🇷 aviakompaniyasi Tehron🇮🇷–Toshkent🇺🇿–Almata🇰🇿–Tehron🇮🇷 yo‘nalishida QB2179 muntazam reyslarini bajara boshladi. E’lon qilingan havo kemasi turi — Airbus A320.
Inauguratsion reys Airbus A300-600, bort raqami EP-FQMda bajarildi. Ikki soatlik kechikishga qaramay, Toshkentda bort an’anaviy tarzda suv arkasida va mehmondo‘stlik bilan taklif qilingan spotterlar tomonidan kutib olindi. Buning uchun Aeroport matbuot xizmatiga katta rahmat.