Bugun Toshkentda spotterlar uchun qiziqarli mehmon — Braziliya Havo Kuchlarining Embraer KC-390 samolyoti suratga olindi.
Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bort O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyatiga ushbu turdagi samolyotni taqdim etish maqsadida demonstrator sifatida kelgan.