2024 yil 25 aprel kuni Toshkent aeroportida navbatdagi rasmiy bahoriy spotting bo‘lib o‘tdi.
Spottingda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Belarus vakillari ishtirok etdi. Tadbirda yosh aviatsiya va fotografiya ishqibozlari ham qatnashdi.
An’anaviy dasturdan tashqari, spotterlarni O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli juda samimiy CASA C-295 ekipaji ham kutib oldi.
🌦 Afsuski, shu kuni ob-havo juda o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zan aviatsiya ishqibozlariga ideal kadrlar olishga xalaqit qildi, biroq tadbirning ajoyib muhitidan, eski do‘stlar va yangi tanishlar bilan uchrashuvdan, hamda odatdagidek yuqori darajada tashkil etilgan tadbirdan zavqlanish imkonini berdi.
🤝 Uzbekistan Spotters Team “Uzbekistan Airports” Ajga tadbirni a’lo darajada tashkil etgani va taklif uchun samimiy minnatdorlik bildiradi.