2023 yil 15 dekabr kuni Toshkent aeroportida🇺🇿 navbatdan tashqari spotting o‘tkazildi.
Asosiy sabab Kuala-Lumpur🇲🇾dan BatikAirning ilk muntazam reysini kutib olish bo‘ldi. Dastlab A332 rejalashtirilgan edi, biroq aviakompaniya dastlabki bosqichda B738/B73M havo kemalarida Karachi🇵🇰da yonilg‘i quyish uchun qo‘nish bilan parvozlarni amalga oshirishga qaror qildi.
Ikkinchi sabab esa yangi o‘zbek “low-cost” aviakompaniyasi HumoAir faoliyatining boshlanishi bo‘ldi. Dastlabki bosqichda kompaniya O‘zbekiston ichida nam lizingda olingan A320 havo kemasida kuniga 4 juft reys bajaradi. Ekipajlar tayyorlangach, parvoz geografiyasi kengaytiriladi.
Toshkent aeroporti matbuot xizmatiga taklif va yosh fotograflarni ham qo‘llab-quvvatlab kelayotgan an’anani davom ettirgani uchun minnatdorchilik bildiraman.