Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Uzbekistan Airways🇺🇿 aviakompaniyasining navbatdagi ✈️Airbus A320-251N UK32024 borti tantanali ravishda kutib olindi.
Havo kemasi Uzbekistan Airways va Airbus konserni o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlik kuni Toshkentga yetib keldi — 1993 yil 16 iyun kuni aviakompaniya birinchi Airbus A310 havo kemasini qabul qilgan edi. Aynan shu havo kemasi aviakompaniya parkini g‘arb ishlab chiqarishidagi bortlar bilan yangilashning boshlanishi bo‘lgan.
An’anaga ko‘ra, bort suv arkasida kutib olindi va kichik furshet tashkil etildi.
Havo kemasi Safran/CFM International LEAP-1A dvigatellari bilan jihozlangan, shassi asosiy tayanchlarida tormoz ventilyatorlari mavjud. Salon to‘liq ekonom konfiguratsiyada Recaro o‘rindiqlari bilan, biroq yaqin kunlarda kompaniyaning boshqa bortlari kabi biznes-klassga ega sxemaga o‘tkaziladi. Bort hozircha oq rangda belgilari bilan, tez orada Uzbekistan Airways Technics mutaxassislari uni maxsus liveriyaga almashtiradi.
Uzbekistan Spotters Team Uzbekistan Airwaysga uchrashuvni tashkil etgani va taklif uchun samimiy minnatdorlik bildiradi!