Air Marakanda kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu aviatsiya tadbiri fotografchilarni, blogerlarni hamda aviatsiya sohasiga qiziqqan barcha ixlosmandlarni birlashtirdi. Spotting ishtirokchilari odatda yo‘lovchilar uchun yopiq bo‘lgan hududlarda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Aynan shu joylarda eng hayajonli va dinamik kadrlar yaratiladi — havo kemalarni parvozga tayyorlash jarayoni, reyslar orasidagi texnik xizmat hamda har bir parvoz xavfsizligi va aniqligini ta’minlaydigan mutaxassislarning mehnati.
Aviaspotting — bu nafaqat chiroyli suratlar, balki aviatsiya dunyosini ichkaridan ko‘rish imkoniyatidir. Yosh ishtirokchilar uchun esa bu tadbir osmonni shunchaki orzu emas, balki erishilishi kerak bo‘lgan maqsad sifatida ko‘rsatgan ilk kasbiy qadami bo‘ldi.
Raskryt
Uzbekistan Spotterlar jamoasi aeroport matbuot xizmatiga, an’anaviy iliq kutib olish, va tadbirni a’lo darajada tashkil etganligi uchun, samimiy minnatdorchilik bildiradi!