Bugun kunduzi zarur kayta tiklash ishlari yakunlangach, TVT/UZTP 08 Uchish-qo‘nish yo‘lagidan IL-76TD EX-76028 (avvalgi UK76427) osmonga ko‘tarildi va qanot qoqib, yangi egasi “New Way Cargo”ga (Bishkek, Qirg‘iziston) tomon yo‘l oldi. Ushbu bort 2016 yildan beri saqlovda turgan va Toshkent-Sharq aerodromi hududida parvozga yaroqli holatda qolgan so‘nggi Il-76 bo‘lib, avval Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya Ishlab Chiqarish Birlashmasiga tegishli edi.
Shu tariqa, to‘rtta D-30KP dvigatelining qoramtir izi ostida TAPOiCH tarixiga yakuniy nuqta qo‘yildi va Toshkent-Sharq aerodromi to‘liq ravishda biznes va hukumat aviatsiyasi toifasiga o‘tdi.