2025 yil 20 dekabr kuni Toshkent🇺🇿 aeroportida spotterlar va jurnalistlar MDH hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida orasida ilk bor Airbus A321XLR havo kemasini kutib olishdi.
Post-sovet hududida ushbu turdagi havo kemasining birinchi operatori O‘zbekistonning birinchi xususiy aviakompaniyasi — Qanot Sharq bo‘ldi. UK32112 bort raqamiga ega havo kemasi Air Lease🇺🇸 korporatsiyasidan (ALC) lizing asosida olinib, Gamburg shahri Airbus zavodidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib keltirildi.
Ob-havo sharoitlari — jala qor va manfiy harorat sababli an’anaviy suv arkasini tashkil etishning imkoni bo‘lmadi. Shunga qaramay, bort tantanali ravishda kutib olindi. Aviakompaniya bosh direktori Moisey Vasilyevich Pak, Airbus konserni vakillari hamda O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligi rahbariyatining nutqlari bo‘lib o‘tdi. Germaniya va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonalari diplomatik korpusi ishtirokidagi tantanali tadbir furshet va esdalik sovg‘alarini topshirish bilan yakunlandi.
Qanot Sharq va Air Lease Corporation 2025 yil 18 fevralda shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, Qanot Sharq 2027 yil oxirigacha Air Lease’ning Airbus’dagi buyurtmalar portfelidan operatsion lizing asosida 3 ta A321XLR va 2 ta A321neo havo kemasini qabul qilib oladi.
Mazkur bort asosan London yo‘nalishidagi muntazam reyslarda hamda Osiyodagi mashhur kurort yo‘nalishlarida parvozlar uchun foydalaniladi. Ushbu havo kemasi 16C@115cm + 174Y@80cm konfiguratsiyasiga ega bo‘lib, eni 45cm bo‘lgan matodan sozlangan o‘rindiqlar, charm bosh suyanchalari, individual rozetkalar bilan jihozlangan. Undan tasqari, yo‘lovchilarning shaxsiy elektron qurilmalari orqali ulanadigan ko‘ngilochar tizim o‘rnatilgan bo‘lib, uzoq masofali parvozlarni yetarlicha qulay amalga oshirish imkonini beradi.
Raskryt
Asosiy texnik xususiyatlari:
Uzunligi: 44.51 m
Qanotlar yoyilishi: 35.80 m
Balandligi: 11.76 m
Fyuzelyaj diametri: 3.95 m
Yo‘lovchi kabinasi kengligi: 3.70 m
Yo‘lovchi kabinasi uzunligi: 34.44 m
Bagaj joylari soni: 9–10 ta pallet yoki LD3-45W konteynerlari
Tijorat yuklamasi bilan maksimal masofa: 8700 km
Parvoz davomiyligi: 11 soatgacha
Maksimal uchish og‘irligi: 101.5 t
Kruiz tezligi: 0.82 M
XLR ning A321Neo dan asosiy farqi — 12 900 litr sig‘imli doimiy yoqilg‘i baki mavjudligi bo‘lib, u asosiy shassi tayanchlari bo‘limidan keyin (fyuzelyajning 15–17 seksiyalarida) o‘rnatilgan. Shuningdek, kil trimmerlash avtomatikasi qayta ishlangan va uchuvchilar kabinasidagi aeronavitatsiya uskunalarini boshqarish bloki sezilarli darajada takomillashtirilgan.
Tadbirni tashkil etgani va taklif qilgani uchun Qanot Sharq kompaniyasiga minnatdorchilik bildiramaniz hamda barcha yo‘nalishlarda yanada rivojlanishini tilab qolamiz!