Bugun, 14-yanvar kuni, biz yurtimizning eng muhim va sharafli bayramlaridan biri — Vatan himoyachilari kuni, shuningdek, mustaqil Oʻzbekistonimizning Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligini nishonlaymiz.
Ushbu kun mardlik, shon-sharaf va Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat ramzidir. Vatan himoyachilari — davlatning tayanchi, xalqimiz tinchligi, barqarorligi va osoyishta hayotining kafolatidir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, qat'iy intizomingiz va yuksak mahoratingiz ortidan diyorimizning mustaqilligi, suvereniteti hamda hududiy daxlsizligi ishonchli tarzda himoya qilinmoqda.
Biz barcha harbiy xizmatchilar, faxriylar hamda bugun o‘zining muqaddas burchini Vatan oldida sharaf bilan ado etayotgan yurtimizning xar bir mard o'g'lonlariga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Chin dildan sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik, farovonlik, cheksiz iroda va kuch-quvvat, so'nmas g‘ayrat, o‘zingizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan beqiyos xizmatingizda yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Xonadonlaringizda doimo baxtu-saodat, tinchlik-totuvlik, osoyishtalik barqaror bo'lsin, yurtimiz osmoni esa hamisha musaffo va tinch bo‘lsin!
Bayramingiz bilan! 🇺🇿🎉🫡