15 martdan 16 martga o‘tar kechasi yangi terminal ochilganligining yilligi munosabati bilan Samarkand Xalqaro aeroportida birinchi rasmiy spotting o‘tkazildi.
Tashkilotchilar eng yaxshi o‘zbek an’analari bilan aviatsiya ishqibozlarini samimiy kutib olishdi (Toshkentdagi hamkasblar an’anasini davom ettirib, ishtirokchilar yoshini cheklamadi), mazali taomlar bilan mehmon qilishdi va ajoyib tungi hamda ertalabki manzaralarni taqdim etdilar.
Samarkanddagi do‘stlarimizga taklif va tadbirni mukammal tashkil qilgani uchun katta minnatdorchilik bildiramiz.