Uzbekistan
Spotters
Team
Visit Uzbekistan

Bizning yangiliklar

Bizning yangiliklar

"Toshkent" aeroportida bahorgi spotting-tur uchun arizalarni qabul qilish boshlandi

"Toshkent" aeroportida bahorgi spotting-tur uchun arizalarni qabul qilish boshlandi


"Uzbekistan Airports" Toshkent xalqaro aeroporti hududida professional spotting-tur uchun arizalar qabul qilish ochilganini e'lon qiladi. Tadbirning taxminiy sanasi - 2026-yil 18-aprel.

Spotting-turda barcha xohlovchi spotterlar ishtirok etishi mumkin. Buning uchun pr@uzairports.com elektron manziliga ariza yuborish va pasport skanerini ilova qilish lozim. Arizalarni qabul qilish 19-mart kuni soat 18:00 da yakunlanadi.

Arizalarni tanlashda quyidagi nomzodlarga ustunlik beriladi:

  • professional foto va video uskunalari bo'lgan;
  • aviatsiya mavzularida o'zining tematik veb-sayti/blogi/ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari borligi.
  • professional spotterlar resurslarida nashrlarida chop etilgan yoki suratlari joylashtirilgan bo'lishi (www.jetphotos.com, www.airliners.net, www.planespotters.net va boshqalar).

Agar ishtirok etish uchun yuborgan arizangiz maqullansa, sizga 2026-yil 24-mart kunigacha elektron javob xati yuboriladi. Ishtirokchilar soni cheklangan.