“AIR MARAKANDA” kompaniyasi Samarqand xalqaro aeroportida bahorgi spotting uchun arizalar qabuli boshlanganini e’lon qiladi 📸✈️
Tadbirda ishtirok etish uchun professional aviaspotterlar, fotograflar, videograflar, shuningdek aviatsiya ishqibozlari taklif etiladi. Aeroport faoliyatini noyob rakurslardan kuzatish hamda aviatsiya hayotining yorqin lahzalarini tasvirga muhrlash uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ishtirokchilar aeroportning maxsus hududlariga tashrif buyurish, havo kemalarining eksklyuziv suratlarini olish va haqiqiy aviatsiya muhitini his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishtirok etish uchun arizani havola orqali to‘ldiring
❗️Joylar soni cheklangan.
⏳Arizalar qabuli 30-aprelgacha davom etadi.