2026-yil 18-aprelda Toshkent xalqaro aeroportida 10-rasmiy bahorgi spotting-tur bo‘lib o‘tdi. Unda nafaqat O‘zbekiston🇺🇿, balki Belarus🇧🇾, Rossiya🇷🇺, Qozog‘iston🇰🇿, Turkiya🇹🇷 va Avstraliya🇦🇺dan kelgan qariyb 70 nafar aviatsion fotografiya ishqibozlari ishtirok etdi. Kun davomida ishtirokchilar o‘zbek aviakompaniyalari havo kemalari bilan bir qatorda FlyDubai, Loong Air, Kam Air, Tez Jet, Air Astana, S7 Airlines, Turkish Airlines kabi operatorlarning yo‘lovchi va yuk havo kemalarini kuzatib, suratga olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tashrif buyuruvchilar aeroportning ikki nuqtasida bo‘lib, turli xizmatlar faoliyatini kuzatishdi. Xususan, avariya-qutqaruv xizmati xodimlari o‘z uskunalarini namoyish etib, yong‘in shlangi bilan ishlashdagi aniqlik va mahoratlarini ko‘rsatdilar hamda spotterlar uchun maxsus aks ettiruvchi suv yuzasini yaratib berdilar. Shu bilan birga, tajribali spotterlar o‘z bilim va tajribalarini yosh ishtirokchilar bilan bo‘lishdilar, aytgancha, eng kichik ishtirokchi 11 yoshda edi.
Ko‘rsatish
Hamjamiyat spotting-tur tashkilotchilariga samimiy minnatdorchilik bildiradi va yangi tadbirlarni intiqlik bilan kutadi.
``` "