Sirdaryo viloyating dalalarida nafaqat yer usti traktorlar, balki havo traktorlari ham ishlamoqda! Air Tractor AT-502XP, bort raqami N25TR, dalalarni aviatsion kimyoviy ishlov berishda qo‘llaniladi — gerbitsidlar, suyuq pestitsidlar va o‘g‘itlar sepish, hosil pishishini tezlashtirish hamda begona o‘tlarni havodan yo‘q qilish uchun xizmat qiladi.
Mazkur samolyot Indorama Agro dalalariga xizmat ko‘rsatmoqda. Avval kompaniya bu maqsadda Ан-2 samolyotidan foydalangan, biroq yangi “Traktor” sovet analogiga nisbatan ancha tejamkor, manevrli va tezkor hisoblanadi.
Indorama Agro — O'zbekistondagi eng yirik integratsiyalashgan qishloq xo‘jaligi kompaniyalaridan biri. 2018-yilda tashkil etilgan kompaniya paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchi bo‘lib, shuningdek bug‘doy va boshqa ekinlarni ham yetishtiradi. Kompaniya qariyb 75 000 gektar yer maydonida faoliyat yuritadi, shundan 25 000 gektari kichik va o‘rta xo‘jaliklarga tegishli bo‘lib, kontrakt asosida ekiladi.
Raskryt
Air Tractor AT-502XP modeli 502-seriyaning yanada takomillashtirilgan turi hisoblanadi. AT-502A/B bilan taqqoslaganda, ushbu modifikatsiyada kuchliroq dvigatel, to‘rt pichoqli vint, kattaroq yoqilg‘i baki va shunga mos ravishda uzoqroq parvoz masofasi mavjud.
Asosiy texnik ko‘rsatkichlari:
- Dvigatel: P&W PT6A-140AG, 867 ot kuchi (1900 ayl/min)
- Vint: to‘rt pichoqli, Hartzell HC-B4TN-3C/T10702NS
- Uchish vazni: 4754 kg
- Qo‘nish vazni: 3629 kg
- Bo‘sh vazni (uskunalar bilan): 2209 kg
- Foydali yuklama: 2543 kg
- Sepish baki sig‘imi: 1893 litr
- Yoqilg‘i zaxirasi: 885 litr
- Qanot kengligi: 15.84 m
- Qanot maydoni: 28.98 m²
- Kreyser tezligi: 145 uzel (2438 m balandlikda)
- Ishchi tezligi: 104–122 uzel
- Maksimal parvoz masofasi: 1075 km
- To‘xtash tezligi: 71 uzel (toza qanot), 59 uzel (zakrilka chiqarilganda)
- Balandlikka ko‘tarilish tezligi: daqiqasiga 816 fut
- Uchish masofasi: 400 m (4754 kg vaznda)


