Ohirgi kunlarda Mo’g’ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi Ulan-Bator va Toshkent o’rtasida bir necha bor charter reyslarini bajarib, Toshkentdagi Mo'g'uliston - Uzbekistan SME’s Road Show 2026 sammit qatnashchilarini olib keldi.
Bu reyslarning ahamiyatga ega tomoni shundaki, qaytish reyslari uchun aviakompaniya ochiq chiptalarni sotuvini yo’lga qo’ydi.
Embraer E195-E2 aviakompaniya flotida yangi turdagi samolyot bo’lib, hozirgi kunda flotdagi Embraer E195LR samolyoti qatoriga qo’shildi. Bu ikkita samolyot 2025 yilning ikkinchi yarimida sotib olingan bo’lib, ular taniqli binafsha rangga bo’yalgan.
Hohlovchilar bu samolyotlarni kelayotgan Payshanba, 14 mayda (mahalliy vaqt bilan qo’nish vaqti 11:20) va Dushanba, 18 mayda (mahalliy vaqt bilan qo’nish vaqti 14:00) kuzatsalar bo’ladi.