Joriy yilning 16-may kuni Sirdaryo aerodromi (UZTS) hududida «Ochiq Avia» aviakompaniyasi tomonidan aviatsiya va parashyut sportini ommalashtirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Dastur doirasida tashrif buyuruvchilarning katta qiziqishini uyg‘otgan Antonov An-2 ва Spektr-Avia SP-30 UK30002 samolyotlarining namoyish parvozlari uyushtirildi. Tadbir mehmonlari aviatsion texnika bilan yaqindan tanishdilar, ekipajlar ish jarayonlarini kuzatishdi va aerodrom hayoti va havosidan bahra oldilar. Muhlislarning diqqatini UK20001 ro‘yxat raqamli An-2 samolyoti sahnidan turib bajarilgan parashyutli mamoyish sakrashlari alohida tarzda jalb etdi. Parashyutchilar juda yuqori mahorat va tayyorgarlik darajasini ko‘rsatdilar, ularning chiqishlari esa tadbirning eng yorqin qismiga aylandi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu "Ochiq Eshiklar Kuni"da aviakompaniya rahbariyati, parashyut sporti Federatsiyasi rahbari, hokimiyat vakillari, aviaspotter va aviablogerlar, shuningdek, Toshkent Transport Universiteti talabalari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar va mehmonlar uchuvchi va parashyutchilar bilan bevosita muloqot qilish, ularga tegishli savollarni berish va kichik aviatsiya vazifalari, uning va aviatsion sportning rivoji yo‘nalishlari xususida ko‘proq ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida aviatsiyaga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirishda, aviatsion soha kasblarini ommalashtirishda va aviatsion hamjamiyat va omma orasida aloqalar va hamjihatlikni mustaxkamlashda ulkan yordam ekaniga yana bir bora guvoh bo‘ldik. «Ochiq Avia»ning ochiq eshiklar kuni haqiqatda aviatsiya va samo shinavandalarini birlashtiruvchi yorqin voqeaga aylandi.
Uzbekistan Spotters Team jamoasi «Ochiq Avia» aviakompaniyasiga tadbir tashkiloti uchun va Hamjamiyat ishtirokchilarini taklif qilishgani uchun chuqur minnatdorchilik bildiradi.
Ko‘rsatish

















