Bugun, 2-iyun kuni Armaniyaning “Shirak Avia” 🇦🇲 aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-86N, EK-SHD samolyoti ekipaji Yerevan (EVN) – Toshkent (TAS) – Yerevan (EVN) yo‘nalishi bo‘yicha ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi reyslari 5G140/5G141 ni amalga oshirdi.
Toshkent aeroportida samolyot an’anaga ko‘ra suv arkasi bilan kutib olindi, ekipaj va yo‘lovchilarga esa gullar hamda bayramona kayfiyat ulashildi.
Reyslar haftasiga bir marta — har seshanba kuni amalga oshiriladi.
“Shirak Avia” MChJ (armancha: Շիրակ Ավիա ՍՊԸ) — Armaniyaning Yerevan shahridagi Zvartnots xalqaro aeroportida bazalashgan aviakompaniyadir.