Uzbekistan
Spotters
Team
Visit Uzbekistan

Bizning yangiliklar

Bizning yangiliklar

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi


Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

2022 yil 27 noyabr kuni Toshkent aeroportida uchinchi rasmiy va shu yilning ikkinchi spotting tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston🇺🇿, Rossiya🇷🇺, Belarus🇧🇾 va Braziliya🇧🇷 dan taxminan 30 nafar spotter ishtirok etdi.

A’lo darajada tashkil etilgani tufayli (oldingi tadbirlardan kelib chiqib puxta tanlangan joylar, yangi va spotterlar uchun qiziqarli nuqtalarni barcha xizmatlar bilan “uchish jarayonida” tezkor kelishib olish, tadbirning barcha uchish-qo‘nish jadvali bilan oldindan berilgan rejasi, mazali palov va albatta, butun dunyoga mashhur o‘zbekona mehmondo‘stlik va samimiyat) eng kichik spotterlar (10–12 yosh) ham ertalab soat 8 dan sevimli mashg‘ulotiga sho‘ng‘ib, qorong‘u tushganidan keyin ham qolishga tayyor edilar...

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi
Raskryt

Spotterlar quvonchi uchun, SalamAir🇴🇲 borti bizni tashrifi bilan siyladi — u qo‘nish aeroporti bo‘lgan O‘sh (Qirg‘iziston🇰🇬)ga qo‘na olmagach, Toshkentga zaxira aerodrom sifatida yo‘nalgan edi.

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Toshkent aeroportida kuzgi rasmiy spotting bo‘lib o‘tdi

Aeroportning barcha xodimlariga, avvalo matbuot xizmatiga, chiroyli samolyotlar yonida kulib turgan va mamnun hamkasb-aviatsiya muxlislarini ko‘rish imkoniyati uchun, yana sevimli aeroport hayotining o‘ziga xos sokin harakatlariga sho‘ng‘ish imkonini bergani uchun, ajoyib insonlar bilan tanishtirgani uchun va albatta, samimiy va iliq qabulingiz uchun ulkan rahmat!