Uzbekistan
Spotters
Team
Visit Uzbekistan

Bizning yangiliklar

Bizning yangiliklar

AirAsia aviakompaniyasi Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

2025-yil 15-oktabr kuni soat 17:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga AirAsia aviakompaniyasining Kuala-Lumpur – Toshkent yo‘nalishidagi birinchi reysining samolyoti qo‘ndi. Bortda 218 nafar yo‘lovchi bo‘lgan havo kemasi an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi, ekipaj a’zolariga esa gullar taqdim etildi.

Toshkent–Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi birinchi reys yo‘lovchilarining ro‘yxatga olinishi ham bayramona ruhda o‘tkazildi.

Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishidagi reyslar haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

AirAsia aviakompaniyasi Kuala-Lumpur va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi