Uzbekistan
Spotters
Team
Visit Uzbekistan

Oʻzbekiston, spotting, Oʻzbekiston spottingi, aviatsiya, foto, fotosurat, vertolyotlar, samolyotlar, reaktivlar, aeroport, Toshkent, Oʻzbekiston, Toshkent, spotting, aviaspotting, aviatsiya, UST

O'zbekistonda spotting qonuniy bo'lib, deyarliy cheklovlarsiz, spotting bilan shug'ullanishni istagan hohlovchilar uchun imkon mavjud.

Spotting bilan shug'ullanish uchun quyidagi ikkita hujjat huquqiy asos vazifasini bajaradi:

Bu hujjatlar samolyotlarni O'zbekiston hududida barcha joylarda, t'aqiqlovchi belgilar tog'ridan tog'ri ko'zga tushmaydigan ma'sofada, suratga olish imkonini beradi.

Odatda samolyotlarning gavjum harakatini Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportida (UZTT/TAS) kuzatish mumkin. Biznes va hukumat doirasidagi reyslar uchun yangi qurilgan Humo aeroportida (UZTP/TVT) esa samolyotlar harakati juda kamnamo bo'lib, ularning qaysi vaqtda uchishi va uchish uchun qaysi yo'nilsni tanlashi noma'lum. Bundan tashqari aeroport atrofida spotting uchun maydonchalar mavjud emas va rasmiy delegatsiylar tashrifi vaqtida, Humo aeroporti hududi va aeroport atrofida mahsus havfsizlik choralari qo'llaniladi.


Havo kemalarini kuzatish va suratga olish uchun ommaviy joylar


Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportida (TAS/UZTT, "Janubiy")

Aeroport quyidagi aviakompaniyalar uchun bazaviy hisoblanadi:

Bundan tashqari muntazam reyslarni ushbu aviakompaniyalar bajaradi:

Nomuntazam reyslarni bajaruvchi aviakompaniyalar:

Rasmiy kuzatuv maudonchasi

📃: Toshkent aeroportining rasmiy kuzatuv maydonchasi. Rasmiy spotting maydonchasi omma uchun 2025 yilning oxirida oсhildi, shunga qaramay, loyiha yakunlanmagan bo'lib, u uzidan 1,5 metrdan iborat sun'iy balandlikni tashkil qiladi. Loyiha bo'yicha maydonchaning balandligi va kenglini oshirish ko'zda tutilgan. Maydonchaga eltuvchi yo'laklar hanuz hamon qurilmagan bo'lib, yog'ingarchilik vaqtida maydonchaga tashrifni qiyinlashtiradi.

🛫: Barcha yo‘laklardan parvozlarni olish uchun qulay.

🛬: Barcha yo‘laklardan qo‘nishlarni (ruleniye) suratga olish uchun mos..

📅: Maydoncha kechayu kunduz tashrif uchun ochiq, biroq tungi chiroqlar suratga olish imkonini bermaydi. Maydonchaning joylashuvi tong sahardan deyarli tungacha suratga olish uchun qulay.

📍:

🚍 / 🚕:
Variant 1: M "Kiyot (9-stansiya)" yoki M "Matonat (8-stansiya)" yoki M "Quyliq (7-stansiya)" dan 🚌 A137 "Mahalla Qushqo‘rg‘on" bekatigacha, keyin piyoda. 🕐 Kiyot metrosidan taxminan 25 daqiqa.
Variant 2: M "Talaryk (10-stansiya)" dan piyoda, 🕐 taxminan 20 daqiqa.
Variant 3: Taksi 🚕 - Яндекс, MyTaxi, Uklon, Maxim, Fasten, WB Taxi Aeroport Xalqaro terminalidan, 🕐 taxminan 20 daqiqa, 💸 20000 so‘mdan.

🍕 / 🛒: Piyoda iloji yok

📷:
100mm A320/B737, ~50mm A330/B767/B787 08R/26L uchun,~200mm A320/B737, ~150mm A330/B767/B787 08L/26R uchun

Toshkent aeroportining "xolm" spotting lokatsiyasi

📃: Xolm aeroport perimetriga nisbatan yaqin joyda joylashgan bo‘lib, 26 yo‘laklar ishlaganda qo‘nayotgan, uchayotgan va ruleniye qilayotgan samolyotlarni suratga olish uchun yetarli balandlikka ega.

🛫: 26L va 26R yo‘laklardan parvozlarni suratga olish uchun mos. Ba’zan, og‘ir yuklangan D va E kategoriyali samolyotlar 08L va 08R dan kech uzilganda.

🛬: 26L va 26R yo‘laklarda qo‘nishlarni (tegish zonasiga yaqin) suratga olish uchun mos.

📅: Maydoncha sutka davomida ochiq, ammo qorong‘i vaqtda bu joyda bo‘lish tavsiya etilmaydi. Joylashuvi yozda ertalabdan tushgacha, qishda esa butun yorug‘ kun davomida suratga olish imkonini beradi.

📍:

🚍 / 🚕:
Variant 1: M "Kiyot (9-stansiya)" dan 🚌 A37, A45, A55 yoki A137 "Quyliq-2 massivi 2-kvartal" bekatigacha, keyin piyoda. 🕐 Kiyot metrosidan 12–15 daqiqa.
Variant 2: "Quyliq-2 massivi 2-kvartal" bekatidan 🚌 piyoda, 🕐 8–10 daqiqa.
Variant 3: Mahalliy reyslar terminalidan (Terminal 3) "Quyliq massivi 2-kvartal" bekatigacha 🚌 A37, keyin piyoda, 🕐 25 daqiqa.
Variant 4: Aeroport xalqaro terminalidan "Quyliq massivi 2-kvartal" bekatigacha 🚌 A45, keyin piyoda, 🕐 30–35 daqiqa.
Variant 5: Shimoliy temir yo‘l vokzalidan / M "Toshkent" dan "Quyliq massivi 2-kvartal" bekatigacha 🚌 A37, keyin piyoda, 🕐 35 daqiqa.
Variant 6: Amir Temur skveridan (bekat "Yuridik universitet") "Quyliq massivi 2-kvartal" bekatigacha 🚌 A37, keyin piyoda, 🕐 45–50 daqiqa.
Variant 7: Taksi 🚕 - Яндекс, MyTaxi, Uklon, Maxim, Fasten, WB Taxi Aeroport Xalqaro terminalidan, 🕐 taxminan 25 daqiqa, 💸 25000 so‘mdan

🍕 / 🛒: "Quyliq massivi 2-kvartal" bekati yaqinida

📷:
~100mm A320/B737, ~70mm A330/B767/B787 26L uchun,~250mm A320/B737, ~180mm A330/B767/B787 26R uchun

Toshkent aeroportining "Polevaya" spotting lokatsiyasi

📃: Ushbu nuqta bevosita Kumariq ko‘chasida, Obirahmat ko‘chasi kesishmasiga yaqin joyda joylashgan. Ko‘cha ancha gavjum, ammo 8 yo‘laklarga kirib kelayotgan havo kemalarini qulay suratga olish uchun yetarli joylar mavjud.

🛫: Parvozlarni suratga olish uchun mos emas.

🛬: 8L va 8R yo‘laklarga qo‘nishda glissadada bo‘lgan havo kemalarini suratga olish uchun mos.

📅: Maydoncha kun davomida ochiq, 8L va 8R ishlaganda yilning istalgan vaqtida suratga olish mumkin.

📍:

🚍 / 🚕:
Variant 1: M "Xalqlar Do‘stligi" dan 🚌 A11, A47 yoki A77 "Mahalla Obirahmat" bekatigacha, 🕐 25 daqiqa.
Variant 2: Mahalliy reyslar terminalidan (Terminal 3) "Mahalla Obirahmat" bekatigacha piyoda, 🕐 15 daqiqa.
Variant 3: Mahalliy reyslar terminalidan (Terminal 3) "Mahalla Obirahmat" bekatigacha 🚌 A11 yoki A77, 🕐 6 daqiqa.
Variant 4: Aeroport xalqaro terminalidan "Mahalla Obirahmat" bekatigacha 🚌 A11, A45, A47 yoki A77, 🕐 10 daqiqa.
Variant 5: Shimoliy temir yo‘l vokzalidan / M "Toshkent" dan "Mahalla Obirahmat" bekatigacha 🚌 A66, 🕐 30 daqiqa.
Variant 6: Taksi 🚕 - Яндекс, MyTaxi, Uklon, Maxim, Fasten, WB Taxi Aeroport Xalqaro terminalidan, 🕐 taxminan 10 daqiqa, 💸 15000 so‘mdan

🍕 / 🛒: Yaqin atrofda oshxona (palov) va bir nechta oziq-ovqat do‘konlari mavjud.

📷: 17mm dan boshlab

Toshkent aeroportining "Most" spotting nuqtasi

📃: Ushbu nuqta 26 yo‘laklarga qo‘nayotgan havo kemalarini bahor o‘rtasidan sentyabrgacha kechki vaqtda teleobyektiv bilan suratga olish uchun mos.

🛫: Parvozlarni suratga olish uchun mos emas

🛬: 26L va 26R yo‘laklarga qo‘nishlarni suratga olish uchun mos.

📅: Maydoncha kun davomida ochiq. Joylashuvi aprel o‘rtasidan sentyabr o‘rtasigacha kechki paytda suratga olish imkonini beradi.

📍:

🚍 / 🚕:
Variant 1: Shimoliy temir yo‘l vokzalidan / M "Toshkent" dan "Sariqulskaya ko‘chasi" bekatigacha 🚌 A55, keyin piyoda, 🕐 20 daqiqa.
Variant 2: Amir Temur skveridan (bekat "Yuridik universitet") "Sariqulskaya ko‘chasi" bekatigacha 🚌 A55, keyin piyoda, 🕐 35 daqiqa.
Variant 3: Aeroport xalqaro terminalidan 🚌 A61 yoki A106 "Sariqulskaya ko‘chasi" bekatigacha, keyin piyoda, 🕐 20 daqiqa.
Variant 4: Taksi 🚕 - Яндекс, MyTaxi, Uklon, Maxim, Fasten, WB Taxi Aeroport Xalqaro terminalidan, 🕐 taxminan 15 daqiqa, 💸 15000 so‘mdan

🍕 / 🛒: Ko‘prikning shimoliy tomonida ikkita kichik oziq-ovqat do‘koni bor, 10 daqiqalik yurish masofasida Fitrat ko‘chasida ko‘plab kafelar mavjud.

📷: ~250+mm A320/B737, 200+mm A330/B767/B787 26L/26R uchun

Hurmatli aviatsiya ixlosmandlari! Iltimos, barcha chiqindilarni o‘zingiz bilan olib keting! Hududni har kuni tozalash va chiqindilarni olib chiqish imkoniyatimiz yo‘q.🚯
Shuningdek, aeroport hududiga tasodifan yoki ataylab tushib ketishi mumkin bo‘lgan buyumlardan foydalanish qat’iyan man etiladi va bu jinoiy javobgarlikkacha olib kelishi mumkin! Bunday buyumlarga havo sharlar, varraklar, to‘plar, badminton volanlari, uchuvchi planerlari va samolyot modellari (jumladan bolalar uchun), xitoy fonariklari, dronlar va boshqalar kiradi.

E’tibor bering, harbiy aerodromlar va qo‘shma foydalaniladigan aerodromlar suratga olish taqiqlangan obyektlar ro‘yxatiga kiradi. Bunday joylarda suratga olish va yaqinida bo‘lishni tavsiya etmaymiz, maxsus ommaviy tadbirlar (odatda avgust oxirida o‘tkaziladi) bundan mustasno. Shu bilan birga, O‘zbekiston HHK.